Professional maslahat

To‘g‘ri maslahat – muvaffaqiyatli davolash asosi

Biz ularning hammasini bilamiz, ularni sinab ko‘rganmiz: soch to‘kilishiga yordam beruvchi maslahatlar, hiylalar va qo‘lbola vositalar shular jumlasidan. Ba’zan bundan naf chiqadi, ammo ba’zan bunday emas. Baski, aylanma yo‘llardan yurmang va avval-boshdanoq professional yordamdan bahramand bo‘ling. Shifokoringiz bilan maslahatlashing, u soch to‘kilishi sababini aniqlab, uni bevosita bartaraf etishga yordam beradi.

Shifokor qabuliga kirishga mukammal tayyorgarlik ko‘rish uchun so‘rovnomadan foydalaning, uni bu bu yerda – Shifokor qabuliga tayyorlanish havolasi bo‘yicha oldindan to‘ldirishingiz mumkin.

 

Soch to‘kilishini qanday davolash kerak?

Soch to‘kilishining turli shakllari uchun maxsus dori preparatlari mavjud.

Masalan, sochning diffuz to‘kilishida mos oziqlantiruvchi moddalar yordamida soch o‘sishini rag‘batlantirish va ularning to‘kilishini sezilarli kamaytirish mumkin. Pantogar® kapsulalari samarali davolash usullaridan biri hisoblanadi. Soch to‘kilishiga qarshi Pantogar® kapsula formulasi soch to‘kilishini to‘xtatib, yangi tolalar o‘sishini rag‘batlantiruvchi maxsus ishlab chiqilgan faol moddalar majmuasini saqlaydi.

Irsiy yoxud androgen soch to‘kilishiga qarshi maxsus mahsulotlar ham mavjud.

Shunga qaramay, hamisha izchillik va sabr-toqat talab qilinadi: sochning hayot davri sababli kamida 3-6 oy davolanish kerak.

 

Shifokor soch to‘kilishini qanday tashxislaydi

Siz tibbiy mutaxassis bilan uchrashuvga puxta hozirlik ko‘rib, doktor sizga maslahat berish paytida qanday yo‘l tutarkin, deb o‘ylayapsizmi? Soch to‘kilishi sababini aniqlash maqsadida, ular qanday muolajalarni qo‘llashini bilib olmoqchisizmi?

Soch to‘kilishi darajasiga qarab shifokoringiz quyidagi muolajalarni qo‘llab sizga tashhis qo‘yishi mumkin:

  • Bosh terisi / farqni ko‘zdan kechirish
  • Yulib olish yoxud epilyatsiya
  • Sochni tortish
  • Sochni ishqalash bo‘yicha test
  • Qon tahlili
  • Trixogramma
  • TrichoScan
  • Bosh terisi biopsiyasi

 

Bosh terisi / farqni ko‘zdan kechirish 

Shifokor sochingizni odatda yorug‘ chiroq ostida ko‘zdan kechiradi. U soch tuzilishi, bosh terisi va soch quyuqligini sinchiklab tekshiradi.

Soch to‘kilishi turiga yoxud bosh terisi buzilishiga qarab, butun tana terisi tekshiriladi va ko‘rinadigan sohalar nur tushiruvchi yorug‘lik mikroskopi yordamida o‘rganiladi. Tanadagi tuklarni o‘rganish ham soch to‘kilishining ko‘pgina turlari uchun zarur.

Tasvir manbai: Ma’lumot manbai: professor Ralf M. Tryubning «Soch – trixologiya amaliyoti» darsligi, Shteynkopff Verlag, Darmshtadt

 

Yulib olish yoxud epilyatsiya

Shifokor bemorning soch tolalarini ushlab, ohista tortib, yulib olishga harakat qiladi. Bu test sochning bosh terisidan qanchalik oson yulinishini aniqlash maqsadida, bosh terisining bir nechta sohasida o‘tkaziladi. Bu muolaja soch to‘kilishi sababini emas, uning og‘irlik darajasini taxminan aniqlashga yordam beradi.

Izoh. Bu test soch to‘kilishi darajasini taxminan baholaydi. So‘ngra shifokor soch to‘kilishini aniq belgilash uchun qo‘shimcha tahlillar o‘tkazadi.

Tasvir manbai: Ma’lumot manbai: professor Ralf M. Tryubning «Soch – trixologiya amaliyoti» darsligi, Shteynkopff Verlag, Darmshtadt

 

Sochni ishqalash bo‘yicha test

Shifokor barmoqlari orasiga bir nechta soch tolasini olib, ularni ishqalab ko‘radi. Bu shifokorga sochlar odatdagidan ko‘ra mo‘rt yoki mo‘rtmasligini va soch tuzilishi shikastlangan bo‘lishi mumkinligini aniqlashga imkon beradi.

Agar sochni ishqalash bo‘yicha test yuqori mo‘rtlikni ko‘rsatsa, shifokor qo‘shimcha ko‘rik o‘tkazadi, chunki bu test ham soch to‘kilishi sababini aniqlay olmaydi.

Tasvir manbai: Ma’lumot manbai: professor Ralf M. Tryubning «Soch – trixologiya amaliyoti» darsligi, Shteynkopff Verlag, Darmshtadt

 

Sochni ishqalash bo‘yicha test

Shifokor barmoqlari orasiga bir nechta soch tolasini olib, ularni ishqalab ko‘radi. Bu shifokorga sochlar odatdagidan ko‘ra mo‘rt yoki mo‘rtmasligini va soch tuzilishi shikastlangan bo‘lishi mumkinligini aniqlashga imkon beradi.

Agar sochni ishqalash bo‘yicha test yuqori mo‘rtlikni ko‘rsatsa, shifokor qo‘shimcha ko‘rik o‘tkazadi, chunki bu test ham soch to‘kilishi sababini aniqlay olmaydi.

Tasvir manbai: Ma’lumot manbai: professor Ralf M. Tryubning «Soch – trixologiya amaliyoti» darsligi, Shteynkopff Verlag, Darmshtadt

 

Qon tahlili

Dorilar, ba’zi kasalliklar yoki yetishmovchiliklar sochning diffuz to‘kilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababdan shifokor aytaylik, qalqonsimon bezni tekshirish uchun qon namunasini oladi. Natijalar olingach, kasalliklar yoxud yetishmovchiliklarni manzilli davolash mumkin.

 

MIKROSKOP BILAN TЕKSHIRISH

Mikroskopiya soch to‘kilishini ancha aniqroq tashxislashga imkon beradi. Trixoskan, trixogramma, biopsiya singari tekshiruv usullari haqida ko‘proq bilib oling.

TrichoScan

TrichoScan usuli – soch zichligi va holatini aniqlash uchun mo‘ljallangan zamonaviy kompyuterda tahlil qilish usulidir. Tahlil uchun soch tolalari bosh terisidan boshqa yulinmaydi; balki bosh terisining 16-20 mm kattalikdagi shikastlangan qismi oson berkitiladigan joyda qiriladi. Soha qora bo‘yoq bilan bo‘yalgan, tasvir raqamli mikroskopik fotografiyadan foydalanib 20 barobar kattalashtirib olingan. So‘ngra tasvir kompyuterda dasturiy ta’minot yordamida avtomatik ravishda tahlil qilinadi, soch tolalarining zichligi aniqlanadi. Agar trixogrammadagi kabi soch ildizining holatini aniqlash zarur bo‘lsa, soch tolalari bo‘yalib, faqat uch kundan keyin fotosurati olinadi.

Tasvir manbai: prof. Xoffmann

 

O‘sish davridagi soch tahlili

O‘sish davridagi soch qirinishdan keyin uch kun o‘tgach va suratga olishdan oldin o‘sadi; tinchlik yoki to‘kilish davridagi soch qirilgan uzunlikda qoladi va o‘smaydi. O‘sish davrida soch ulushi tahlil qilinadi. Odatda barcha sochlarning taxminan 80-90 foizi hozir o‘sish davrida turibdi. Tinchlik yoki to‘kilish davrida soch ulushining ortishi soch to‘kilishi shaklining qo‘shimcha belgilarini ko‘rsatishi mumkin.

 

TrichoScan afzalliklari

Bu usulning afzalligi shundaki, soch tolalarini sug‘urib olish kerakmas. Sochni odatdagidan ko‘ra avvalroq yuvish mumkin. Yana bir ijobiy jihati shundaki, natijalar kompyuter arxiviga joylanishi mumkin. Shifokor kasallik kechishini va bitish jarayonini kuzatishi, kelgusida tekshiruvlar o‘tkazishi va shu ravishda ehtimolli yaxshilanishlarni aniqlashi mumkin.

 

 

Trixogramma – sochni yorug‘lik mikroskopi bilan tahlil etish 

Trixogramma – soch ildizlarini yorug‘lik mikroskopi yordamida tekshirishdir. Shifokor soch tolalarini rezina qisqich yordamida yulib olib, bosh terisining shikastlangan sohasida taxminan 50 toladan iborat tutamni olib tashlaydi. Bosh terisining soch to‘kilmagan boshqa sohasidan ham shuncha soch tolasi olib tashlanadi. So‘ngra ikkala tutam mikroskop ostida o‘rganiladi va tahlil qilinadi.

Tasvir manbai: Ma’lumot manbai: professor Ralf M. Tryubning «Soch – trixologiya amaliyoti» darsligi, Shteynkopff Verlag, Darmshtadt

 

 

Sochni baholash

Mutaxassis shifokorlar to‘plangan soch tolalari qanday o‘sish davrida turganini ko‘rishlari mumkin. Ular sochlar o‘sish, o‘tish va tinchlik davrlari orasida muvozanatda turgan-turmaganligini tekshirishadi. Quyidagi havola orqali o‘tib, yanada batafsil ma’lumot olish mumkin ( bu yerda – Hammasi soch haqida/O‘sish davrlari). Bundan tashqari, shifokor soch ildizlari patologiyali o‘zgargan-o‘zgarmaganini, soch to‘kilishi ko‘payishi yuz bergan-bermaganligini yoxud soch sirtining tuzilishi o‘zgargan-o‘zgarmaganini baholashi mumkin.

Tasvir manbai: professor Ralf M. Tryubning «Soch – trixologiya amaliyoti» darsligi, Shteynkopff Verlag, Darmshtadt

Bu muolaja og‘riq sezuvchan odamlar uchun juda og‘riqli kechadi. Bundan tashqari, trixogrammaga qadar taxminan bir haftacha sochni yuvish mumkin emas, yo‘qsa natijalar xato chiqadi. Trixogrammani tajribali shifokor o‘tkazishi zarur. Bugun TrichoScan kabi fotografik usullar yanada aniq natijalarni ta’minlamoqda.

 

Bosh terisi biopsiyasi

Biopsiya – tirik organizmdan to‘qimani olib tashlash va o‘rganish uchun qo‘llanadigan texnik atamadir. Soch to‘kilgan holatlarda shifokor bosh terisining 4 mm lik hajmini, shu jumladan, soch ildizlarini olib tashlaydi. Albatta, bu muolaja mahalliy anesteziya ostida bajariladi. So‘ngra bosh terisining parchasi mikroskop ostida o‘rganiladi. Shuningdek, faol soch follikulalari soni aniqlanadi. Biopsiya ayniqsa bosh terisining tushunarsiz kasalliklari va chandiqli alopetsiyada foydalidir, u kasallik haqida qo‘shimcha axborot beradi.

Tasvir manbai: professor Ralf M. Tryubning «Soch – trixologiya amaliyoti» darsligi, Shteynkopff Verlag, Darmshtadt