Qish mavsumida soch parvarishi

Qishda teri va soch ayniqsa kuchli stressga duchor bo‘ladi. Uy ichidagi quruq issiqlik va ko‘chadagi sovuq havo sochga zo‘r kelib, quritib yuboradi. Oqibatda ko‘pincha yo soch to‘kiladi, yo bosh terisi qichishadi.

Qishda sochingiz chiroyli va yorqin bo‘lishini xohlasangiz, uni parvarish qiling.

«Elektrlangan» sochlar

Quruq qizdiruvchi havo, fen bilan qaynoq quritish, qalpoq va sviterlardagi sintetika bilan aloqa sochni elektrlaydi. Bizning tavsiyalarimiz:

  • Chuqur konditsionerlovchi vosita yoxud soch uchun mumni qo‘llaringizda ishqalab, soch uchlariga surting. Soch tolalari va uchlari bir tekis yotadi.
  • Soch parvarishi uchun maxsus antistatik vositalar va cho‘tkalar sochdagi statikani kamaytiradi.
  • Soch qurishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, muntazam ravishda chuqur namlantiruvchi va oziqlantiruvchi muolajalarni yoxud sochni namlantiruvchi vositalarni qo‘llab turing.
  • Quruq yoki mo‘rt soch uchlarini qirqib turing. Sartaroshga o‘z vaqtida borishni kanda qilmang.

Qazg‘oq va bosh terisi qichishi

Qazg‘oq – terining eski hujayralari ajralib chiqishidir. Bu tabiiy jarayon. Ammo qishda bosh terisi yanada jiddiy qurishi mumkin, chunki sovuq sababli bosh terisida yog‘lar yetarli miqdorda ishlab chiqarilmaydi. Teri mo‘rt bo‘lib qoladi, qazg‘oq esa yumshaydi. Buning oqibatida ko‘p odamlarning bosh terisi qichiydi. Bizning maslahatlarimiz:

  • Sezgir teri uchun yoxud bosh terisi qichishiga qarshi shampunlardan foydalaning.
  • Ammo qazg‘oq yo‘qolmasa va bosh terisi qichiyversa, sizda ekzema bo‘lishi mumkin, uni davolash zarur. Soch mutaxassisi (trixolog) ga ko‘rining.

Soch mavsumiy to‘kilishi mumkinmi?

Sog‘lom ayollar trixogrammasi natijalari asosida soch to‘kilishi va yil fasllari o‘rtasida bog‘liqlik o‘rganib chiqildi. Olimlar soch o‘sishi va to‘kilishi yil fasliga bog‘liq ekanligini tasdiqlashdi.