Soch to‘kilishining hissiy ta’siri

Soch to‘kilishi zehnga ta’sir qiladi

Soch to‘kilishiga uchragan har kim bundan ko‘p aziyat chekadi. Ayollar uchun to‘kis turmak ayniqsa muhimdir, chunki sog‘lom soch ularga o‘zlarini go‘zal va jozibador his etishga yordam beradi. Bu esa o‘zligimiz ifodasi, salomatlik va nazokat timsolidir. Go‘zal soch nafaqat o‘zimiz haqidagi fikrimizga, balki atrofdagi odamlar bilan munosabatimizga ta’sir ko‘rsatadi: sochimiz shaxsiyatimizning muhim jihati hisoblanadi.

Shunday qilib, soch to‘kilishi – shunchaki ko‘zga tashlanadigan muammo emas, chunki ko‘pgina ayollar bundan ruhiy va hissiy aziyat chekadilar. Odatda o‘zgarishlar sezilmaygina boshlanadi: ayollar o‘zlarini qat’iyatsiz tutib, sochlari to‘kilayotganini yashirishga harakat qiladilar. Ular sochlari siyraklashgani ko‘zga tashlanadigan vaziyatlardan qochadilar, masalan, eskalatorlar yoki basseynlarga yaqin yo‘lamaslikka harakat qiladilar, ko‘p hollarda liboslari uslubini va turmaklarini o‘zgartiradilar.

Ayollarda soch to‘kilishining hissiy ta’sirini yaxshiroq anglamoq maqsadida, biz 1140 ayol bilan so‘rov o‘tkazdik.* Soch to‘kilishi sizning kundalik hayotingizga qanday ta’sir ko‘rsatadi? O‘zingizga ishonch va hissiy barqarorlikkachi? Javoblar ko‘rsatishicha, soch to‘kilishi undan aziyat chekuvchilar uchun jiddiy muammo hisoblanarkan.

Chora ko‘ring!

Bizning davrda boshqa hech kim soch to‘kilishidan aziyat chekmasligi lozim. U muqarrar qismatingiz emas, uni muvaffaqiyatli davolash mumkin. Pantogar® o‘sish davridagi buzilishlarga qarshi qo‘llanishi va soch to‘kilishini samarali to‘xtatishi mumkin.

Siz bu mavzuga ochiqchasiga yondashib, yashirinmasligingiz lozim.  O‘z muammolaringiz va hadiklaringiz haqida dugonalaringiz bilan gaplashib ko‘ring, bu muammodan aziyat chekkan boshqa ayollar bilan maslahatlashing. Shunda o‘zgalar bilan muloqot qilish, bir-biriga yordam berish va qo‘llab-quvvatlash naqadar muhimligini his etasiz.