Ayollarda soch to’kilishining sabablari

Sochning diffuz to‘kilishi ko‘pgina sabablarga ega bo‘lishi mumkin. Bu holat ko‘pincha tana yoki aql-idrok kuchsizlashganda, masalan, stress, kasallik, muvozanatlanmagan ovqatlanish yoxud gormonal o‘zgarishlarda yuz beradi. Boshqa ehtimolli triggerlar esa, masalan, dori-darmonlar yoki shunchaki qarishni o‘z ichiga oladi.

Haqiqiy triggerdan qat’i nazar, sochning diffuz to‘kilishi bir sxema bo‘yicha yuz beradi: soch ildizining faolligi buzilib, asta-sekin to‘xtaydi. Bu esa soch o‘sishi davri buzilishiga olib keladi. Oqibati: soch to‘kilishi.

Stress va ruhiy tanglik
Bugun aksariyat odamlar qizg‘in va sertashvish hayot kechirishmoqda – bu esa ularning sochlariga ta’sir o‘tkazmay qolmayapti. Afsuski, stressdan qutulish amrimahol, ayniqsa ishxonada shunday. Stress chaqirgan soch to‘kilishini Pantogar® yordamida bartaraf etish va to‘xtatish osondir

 

Parhez va muvozanatlanmagan ovqatlanish
Parhez yoxud kasallik sababli kelib chiqishidan qat’i nazar, muvozanatlanmagan ovqatlanish butun organizmni zaiflashtirib, soch to‘kilishiga olib kelishi mumkin.

 

Kasallik va dori-darmonlar
Ko‘pgina kasalliklar sochingiz o‘sishiga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Ba’zi bir teri kasalliklari, surunkali kasalliklar, masalan, diabet, revmatizm va Kron kasalligi yoxud isitma chaqiradigan infeksiyalar shular qatoriga kiradi. Soch to‘kilishining bu turi ko‘pincha bir necha hafta kechikib ro‘y beradi, shu bois oqibatlar yuzaga chiqqanda, sababni – masalan, isitmali shamollashni ko‘pincha unutib qo‘yadilar. Dori-darmonlar ham qo‘zg‘atuvchi bo‘lishi mumkin. Bu holda ham davolash boshlangandan bir necha hafta o‘tgachgina soch to‘kilishi ko‘zga tashlanadi. Ko‘pincha dori-darmonlarni bekor qilib bo‘lmasligi sababli, soch to‘kilishini bevosita Pantogar® yordamida davolash lozim.

 

Gormonal o‘zgarishlar
Soch to‘kilishining asosiy sabablaridan biri – menopauzada yoxud tabletkalar bekor qilingandan keyin kuzatiladigan gormonal o‘zgarishlardir. Shuningdek, tug‘ruqdan keyin emizish ham triggerga aylanishi mumkin. Bola tug‘ilishi o‘z-o‘zidan baxtli voqeadir, ammo u bo‘lajak onalarning organizmida ulkan o‘zgarishlar chaqiradi. Sog‘lom sochlarga putur yetib, ko‘pchilik ayollar davolashni talab qiluvchi yaqqol ifodalangan soch to‘kilishidan aziyat chekadilar.

 

Soch to‘kilishiga nima sabab bo‘lganidan qat’i nazar, Pantogar® uni to‘xtatishi mumkin

Soch to‘kilishiga nima sabab bo‘lganidan qat’i nazar, uni davolash zarur. Soch to‘kilishiga qarshi Pantogar® formulasi maxsus ishlab chiqilgan faol moddalar majmuasini saqlaydi va diffuz soch to‘kilishini batamom to‘xtatishi mumkin.

3-6 oy davomida jadal davolanib, bunga o‘zingiz ishonch hosil qiling.